Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 12:32 / 08.08.2015
3658
1 daqiqa o‘qiladi
Alp tog‘ida 45 yil oldin halok bo‘lgan alpinistlarning jasadlari qoldiqlari topildi
Shveytsariyaning tog‘li hududidan ikki nafar alpinistning tana qoldiqlari topildi. Bu haqda BBC News xabar bergan.
Xabar qilinishicha, bu qoldiqlar 1970 yilda halok bo‘lgan yaponiyalik alpinistlarga tegishli. Ular dengiz sathidan 2800 metr balandlikdagi Matterxorn cho‘qqisini zabt etish chog‘ida halok bo‘lishgan. DNK-testlari bu qoldiqlar 1970 yilning avgustida bedarak yo‘qolgan Michio Oikave va Masayuki Kobayasiga tegishli ekanini tasdiqladi.
Qayd etilishicha, ular muzlarning ko‘p miqdorda erishi tufayli halokatga uchrashgan edi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish