Sport | 15:41 / 08.08.2015
1914
1 daqiqa o‘qiladi

David Luis: "Di Mariya bilan yana bir jamoada o‘ynashdan xursandman"

“PSJ” himoyachisi David Luis Anxel Di Mariyaning “parijliklar” tarkibiga kelib qo‘shilganiga izoh berdi.

“Di Mariya – ajoyib futbolchi hamda inson. Men u bilan yana bir jamoa safida harakatlanayotganimdan xursandman. Fikrimcha, u “PSJ”ga katta foyda keltiradi.

Anxel Fransiya chempionatining “Lill”ga qarshi kechgan 1-turida ishtirok eta olmadi. Shunday bo‘lsa-da, biz o‘z irodamizni namoyish etdik. Jamoa ikkinchi bo‘limda 10 kishi bo‘lib harakat qilgan bo‘lsa-da, ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Bu 10 nafar futbolchining emas, balkim butun jamoaning g‘alabasi”, – dedi Luis Goal internet portaliga bergan intervyusida.

Ma'lumot uchun, Di Mariya hamda David Luis avval “Benfika” sharafini himoya qilishgan. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish