Jahon | 19:49 / 08.08.2015
3017
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya va Saudiya Arabistoni Moskvada terrorchilikka qarshi kurash masalalarini muhokama qiladi

Rossiya va Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirlari Sergey Lavrov va Odil al-Jubair 11 avgustda Moskvada Suriyadagi inqirozni hal qilish imkoniyatlari, Yamandagi vaziyat va mintaqada terrorchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qiladilar. Bu haqda Rossiya TIV bergan xabarda ma'lum qilindi.

Muhokamalar davomida Sergey Lavrov va Odil al-Jubair, shuningdek, Yaqin Sharqdagi vaziyat, xavfsizlik sohasidagi vaziyatning tanazzulga uchrayotgani, turli esktremistik guruhlarning keskin kuchayib ketishi va gumanitar inqirozlar masalalarini ham muhokoma qiladilar. Shu munosabat bilan vazirlar Rossiya-Saudiya Arabistonining terrorchilikka qarshi hamkorligi imkoniyatlarini ko‘rib chiqishadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish