Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Texnologiya | 10:45 / 08.08.2015
12850
1 daqiqa o‘qiladi
Tarmoqda "Avtotest"ning ilk o‘quv avtomobili surati paydo bo‘ldi
Ijtimoiy tarmoqlarda "Avtotest" avtomaktabining ilk o‘quv avtomobili surati paydo bo‘ldi. Ilk o‘quv avtomobili 001 raqamli Cobalt bo‘lib, oq rangli avtomobilning quyi qismi siyoh rangga bo‘yalgan. Shuningdek, unga "Avtotest" logotipi hamda telefon raqami yozib qo‘yilgan.

Innovatsion avtomaktab bo‘lgan "Avtotest" 3 avgust kuni o‘zining rasmiy saytini ham ochgan edi. Sayt o‘zbek hamda rus tillaridan faoliyat olib boradi. Tez kunlarda sayt orqali avtomaktabda o‘qish uchun onlayn-ariza topshirish imkoni yaratiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish