Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Arsenal” APLdagi ilk o‘yinni o‘z maydonidagi mag‘lubiyat bilan boshladi
Londonning “Arsenal” jamoasi Angliya Premer-ligasining 2015/16 yillardagi mavsumdagi 1-turini o‘z maydonidagi mag‘lubiyat bilan boshladi. Londonliklar “Emireyts” stadionida yana bir London jamoasi Slaven Bilich boshchiligidagi “Vest Xem”ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
“Bolg‘achilar” 1-bo‘limning oxirida Sheyk Kuyyatening aniq zarbasi hisobiga oldinga chiqib oldilar. Uchrashuvning 57-daqiqasida Mauro Sarate hisobni 0:2 ko‘rinishiga keltirdi.
1-turning yana bir o‘yinida “Nyukasl” o‘z maydonida “Sautgempton” bilan 2:2 hisobida durang natija qayd qildi. Mehmonlar safida Demba Sisse va Jorjino Veynaldum, mezbonlar safida esa Grasiano Pelle va Sheyn Long o‘z hisoblariga gol yozib qo‘ydilar.
Angliya -Premer-ligasi. 1- tur
Arsenal (London) – Vest Xem Yunayted (London) – 0:2
Gollar: Kuyyate, 43 (0:1); Sarate, 57 (0:2).
Ogohlantirishlar: Monreal, 69 – Noubl, 5; Ogbonna, 7; Tomkins, 37.
Nyukasl Yunayted (Nyukasl) – Sautgempton (Sautgempton) – 2:2
Gollar: Pelle, 24 (0:1); Sisse, 42 (1:1); Veynaldum, 48 (2:1); Long, 79 (2:2).
Ogohlantirishlar: Kolbek, 55; Mitrovich, 75 – Sedrik, 12; Fonte, 60; Devis, 87; Pelle, 90+3.