Jahon | 19:56 / 09.08.2015
2297
1 daqiqa o‘qiladi

AirBaltic kompaniyasi mast ekipaj tufayli reysning kechikkani uchun uzr so‘radi

Latviyaning AirBaltic aviakompaniyasi Oslo-Krit reysining kechikishi munosabati bilan o‘z uzrini yetkazdi. Kompaniya xabarnomasida aytilishicha, reys ekipaj a'zolarining mastligi tufayli ushlanib qolgan.
“AirBaltic Oslodan Kritga uchadigan BT7843 reysi 4 sooat 45 daqiqaga kechikkani munosabati bilan o‘z uzrini yetkazadi; samolyot ekipajiga reysni amalga oshirish man qilindi”, — deyiladi xabarnomada.
Ta'kidlanishicha, ayni paytda ekipaj a'zolari tibbiy tekshiruvdan o‘tmoqda. Tergov vaqtida voqea ishtirokchilarining bari ishdan vaqtinchalik chetlashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun Norvegiya politsiyasi kompaniyaning yuqorida tilga olingan reysini amalga oshirayotgan uchuvchi va ekipajning yana uch a'zosini qo‘lga oldi, negaki ular alkogol testidan o‘ta olmadi. Ularning aybi isbotlangan taqdirda barchasi 2 yildan qamoq jazosi olishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish