Jahon | 13:47 / 09.08.2015
3191
1 daqiqa o‘qiladi

Donetskda snaryad kelib tushgan uy ichidagi ikki bola jabrlandi

Donetsk viloyatida snaryad tushgan uy ichida bo‘lgan ikkita bola jarohat oldi. Bu haqda Ukraina IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
“6 yoshli bola hamda uning 2012 yili tug‘ilgan ukasi Yasinovatsk tumanidagi Nevelskoye qishlog‘idagi uyning qulashi oqibatida jarohatlar olishdi. Ulardan birida bosh suyagi sinishi, ikkinchisida bosh chayqalishi aniqlandi”, – deyiladi xabarnomada.
Uy ichida ayol uchta farzandi bilan bo‘lgan. Snaryadning tushishi ayolga v 11 yoshli o‘g‘liga zarar keltirmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish