Jahon | 14:01 / 09.08.2015
2695
1 daqiqa o‘qiladi

Finlyandiyadagi yuk mashinalar shousida 6 kishi jarohatlandi

Finlyandiyadagi Power Park istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tayotgan yuk mashinalari shousi chog‘ida 6 kishi jarohat oldi. Bu haqda Yle resursi xabar bermoqda.
Yuk mashinalari namoyishi chog‘ida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida jabrlanganlarning 2 nafari bolalar, 4 nafari yoshi kattalar bo‘lib, ularning barchasi tomoshabinlardir.
Aytilishicha, monstr-traklardan birining 1 m diametrli va 70 sm qalinlikdagi qoplamasi chiqib ketib, muxlislar tomoniga uchib borgan. U 6 kishiga tegib, tan jarohatlari yetkazgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish