Jahon | 02:00 / 09.08.2015
3721
1 daqiqa o‘qiladi

Muhammad Mursiy sog‘lig‘iga to‘g‘ri kelmaydigan qamoqdagi sharoitlardan shikoyat qildi

Misrning sobiq prezidenti Muhammad Mursiy qamoqda saqlanish sharoitlari salomatligiga to‘g‘ri kelmasligini aytdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Mursiy tibbiy tekshiruv o‘tkazishni talab qildi hamda qand kasalligidan aziyat chekishi sababli qamoqdagi ovqatlar sog‘lig‘iga to‘g‘ri kelmasligini aytdi.

Qamoqxona xodimlari Mursiyga tashqaridan olib kelingan ovqatni yeyishga ijozat berishmadi.

Qamoqxona vakillari Mursiyning bu shikoyatiga hali hech qanday izoh berishmadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish