Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rim Papasi yadroviy qurolni taqiqlashga chaqirdi
Rim Papasi Frantsisk Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlarining atom quroli bilan bombardimon qilinishini ommaviy qirg‘in qurolini taqiqlash zarurligini “insoniyatga doimo eslatib turuvchi eslatma” ekanligini aytdi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.
Papa Vatikanda yakshanba kunidagi ibodat paytida bu fojia ko‘p yillar davomida hali ham dahshat va nafrat qo‘zg‘atishini ta'kidlab o‘tdi.
“Yaponiya shaharlaridagi portlashlar inson fan va texnika yutuqlaridan noto‘g‘ri yo‘lda foydalanganda uning ko‘lami yo‘q barbod qiluvchi qudratining ramzi bo‘lib qoldi va abadulabad urushdan yuz o‘girish uchun yadroviy qurol va ommaviy qirg‘in qurollarini taqiqlash kerakligini insoniyatga eslatib turuvchi abadiy ogohlantirish bo‘ldi”, deb aytdi Rim papasi.
Frantsisk dunyoda birodarlik va xalqarning tinchlik-totuvlikda yashashi odobini kengaytirishga chaqirdi va urushni yengishning yagona yo‘li bu uni umuman olib bormaslik ekanligini qo‘shimcha qilib o‘tdi.