Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 09:31 / 09.08.2015
2736
1 daqiqa o‘qiladi
Samanta Stosur iyul oyining eng yaxshi tennischisi bo‘ldi
Avstraliyalik tennischi Samanta Stosur iyul oyining eng yaxshi tennischisi deb topildi. Samanta WTA rasmiy saytida o‘tkazilgan so‘rovnomada 35 foiz ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda olamsport.uz xabar bergan.
Stosur ikkinchi o‘rinni egallagan slovakiyalik Anna Shmidlovadan 5 foizga ko‘proq ovoz to‘pladi. Uchinchi o‘rinni 22 foiz ovoz jamg‘argan rossiyalik Margarita Gasparyan egalladi. Shvetsiyalik Yoxanna Larsson 13 foiz ovoz bilan to‘rtinchi o‘rinni band etdi.