Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 14:17 / 09.08.2015
3505
1 daqiqa o‘qiladi
Texasda 8 kishini otib o‘ldirgan jinoyatchi politsiyaga taslim bo‘ldi
AQShning Texas shtatidagi Xarris Kantri shahrida 8 kishini, jumladan, 5 nafar bolani otib tashlagan jinoyatchi politsiyaga taslim bo‘ldi. Bu haqda Knou resursi xabar berdi.
Aytilishicha, shanba kuni kechasi erkak bir uy ichida 3 nafar yoshi katta insonni, 5 nafar bolani otib tashlagan.
Uning bu xatti-harakatlariga nima sabab bo‘lgani hozircha aniqlanmagan. Ayni paytda jinoyatchining shaxsi aniqlanmoqda.