Iqtisodiyot | 20:47 / 09.08.2015
4783
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyning Rossiya bilan chegaradosh shahrida rubl iste'moliga rasman ruxsat berildi

Xitoy xalq banki Rossiya bilan chegarada joylashgan Suyfynxe shahrida yuan bilan bir qatorda rubldan ham foydalanishga ruxsat berdi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar bermoqda.
Shahar ma'muriyatining fikricha, bu chora turizm va iqtisodiy hamkorlikning o‘sishiga yordam beradi.
Markaziy bank pul siyosati qo‘mitasi bosh kotibining o‘rinbosari Tszin Mey ushbu chora-tadbir o‘zaro hisob-kitobni dollardan rubl va yuanga o‘tkazishda ham yaxshi samara berishini ta'kidladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish