O‘zbekiston | 18:46 / 10.08.2015
5583
1 daqiqa o‘qiladi

Chorvoq suv ombori yo‘nalishida yangi yo‘l va ko‘prik quriladi

Joriy yilda “O‘zavtoyo‘l” aksiyadorlik kompaniyasi Chorvoq suv ombori yo‘nalishidagi yo‘lni qisqartirish imkonini beradigan yangi yo‘l va ko‘prik uchastkasini qurishga kirishadi. Bu haqda “Jahon" AA xabar bergan.

Xabar qilinishicha, “Toshkent aylanma yo‘li yangi uchastkasining qurilishi” nomli mazkur loyiha 6 kilometrlik yangi yo‘nalishni o‘z ichiga oladi: birinchi kilometrda Chirchiq daryosi orqali ko‘prik qurilishi bilan 4R-12 avtomobil yo‘lining 17-kilometridan 4R-1 avtomobil yo‘lining 39-kilometriga qadar.

Qurilajak yangi yo‘l va ko‘prik masofani qisqartiradi — Qibray tumanida barcha avtotransport vositalari aylanib o‘tish zaruratidan ozod bo‘ladi. Qurilish ishlari joriy yilning to‘rtinchi choragida boshlanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish