Jahon | 20:25 / 10.08.2015
1821
1 daqiqa o‘qiladi

YeI muhojirlarga ko‘mak uchun 2,4 mlrd dollar mablag‘ ajratadi

Yevropa komissiyasi keyingi 6 yil davomida mehnat muhojirlarining muammolarini hal qilish masalalari uchun 2,4 mlrd dollar miqdoridagi yordam mablag‘i ajratilishi bo‘yicha loyihani tasdiqladi.

Reyter nashrida qayd etilishicha, bu mablag‘larning aksar qismi Gretsiya va Italiyaga Shimoliy Afrika hududidan kelayotgan muhojirlarni ish bilan ta'minlashi uchun beriladi.

Aniqlik kiritilishicha, bu Italiyaga 560 mln yevro, Gretsiyaga esa 473 mln yevro ajratiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish