Jahon | 22:18 / 10.08.2015
3838
1 daqiqa o‘qiladi

Istanbulda hujumga uchragan AQSh bosh konsulligi yopiladi

Istanbulning Sariyer tumanidagi AQShning bosh konsulligiga uyushtirilgan hujumdan keyin konsullikning yopilishi haqida qaror qabul qilindi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

“Biz Turkiya hukumatiga voqeani tergov qilishda yordam bermoqdamiz. Bosh konsullik tashriflar uchun keyingi ochilishi e'lon qilingunga qadar yopiq bo‘ladi”, deb aytdi konsullik vakili.

AQSh Davlat departamentida AQShning Anqaradagi elchixonasi ham tashriflar uchun yopilishi ma'lum qilindi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish