Jahon | 08:13 / 10.08.2015
6528
2 daqiqa o‘qiladi

Kanada OAVlari: AQSh Donbass mustaqilligini 1959 yildayoq tan olgan

AQSh hozirgi "Donetsk xalq respublikasi" va "Lugansk xalq respublikasi" hududlarini 1959 yildayoq Ukrainadan mustaqil deb tan olgani ma'lum bo‘ldi. O‘sha yili AQSh Senati va kongressi Bo‘ysundirilgan millatlar haftaligi rezolyutsiyasini qabul qilgan. Bu haqda Global Research nashri ma'lum qilmoqda

Nashrning ta'kidlashicha, 1959 yil 17 iyuldagi 86-90-raqamli ommaviy qonun sifatida ma'lum bo‘lgan ushbu rezolyutsiya oxirgi 56 yil ichida har yili tan olinib kelinmoqda. Uning matnida “Kommunistik Rossiyaning imperialistik siyosati bevosita yoki bilvosita Polsha, Vengriya, Litva, Ukraina, Chexoslovakiya, … Kazakiyaning milliy mustaqilligining bo‘ysundirilishiga olib keldi” deb aytilgan.

Unda Donbass hududi, ya'ni hozirgi "DXR" va "LXR" hamda Ukrainaning Zaparojye viloyatini o‘z ichiga olgan “Kazakiya” haqida so‘z yuritilgan.

Hujjatda Ukraina va Kazakiya “kommunistik Rossiya siyosatiga bo‘ysundirilgan” alohida davlatlar va xalqlar sifatida e'tirof etilgan.

“Rezolyutsiyaga ko‘ra, ikkila millat ham alohida mavjud bo‘lish huquqiga ega”, deb yozmoqda Global Research nashri.

Nashrning ta'kidlashicha, hujjat joriy yilda ham an'anaga ko‘ra tan olindi va bundan AQSh Donbassni allaqachon Kiyev hukumatidan ozod deb e'tirof etgani haqidagi xulosa kelib chiqadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish