Iqtisodiyot | 17:12 / 10.08.2015
2941
1 daqiqa o‘qiladi

Sinxua “Vladivostok 2000” dizaynerlik kupyurasini haqiqiy deb hisobladi

Xitoyning eng yirik axborot agentligi bo‘lgan Sinxua barnaullik dizaynerlar tomonidan yaratilgan 2 ming rubllik kupyurani haqiqiy deb hisobladi. Bu haqda “Rossiyskaya gazeta” yozmoqda.

“Vladivostok 2000” banknotasi rasmi Suyfenxe shahrida Rossiya valyutasi rasman ruxsat etilganligi haqidagi xabarga joylashtirishdi.

Kupyura dizaynerlar tomonidan 2015 yil fevralida “Mumiy Troll” rok guruhining shu nomdagi qo‘shig‘idan ilhomlanib yaratilgan. Banknotaning yuz tomonida Zolotoy Rog buxtasidan o‘tadigan ko‘prik, Vladivostok gerbi va “Mandjur'” yelkanli kemasi tasvirlangan. Orqa tomonida esa Vladivostok funikulyori tushirilgan.

Kupyura dizaynerlari uni Change.org saytiga joylashtirib, uni Rossiya hududida iste'molga kiritish haqidagi petitsiya ochishdi. Hozircha uni 7.1 ming kishi imzoladi. Petitsiya federal ekspertlar guruhi tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun uni internetda kamida 100 ming kishi imzolashi talab qilinadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish