Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi Inha universiteti uchun yangi o‘quv binosi quriladi
Toshkent shahridagi Inha universiteti uchun yangi o‘quv binosi barpo etiladi. Janubiy Koreyaning Inha universiteti Toshkent filiali uchun yangi o‘quv binosi barpo etiladi. Bu haqda Norma.uz nashri xabar tarqatdi.
Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, Toshkent shahar Ziyolilar ko‘chasida joylashgan Universitet o‘quv binosi uchun mo‘ljallangan qurilishi tugallanmagan bino esa foydalanish uchun yaroqsiz deb baholandi.
Endi uning o‘rniga yangi bino barpo etiladi, deyiladi xabarda. Eski bino bir oy mobaynida buzilib uning o‘rniga yangi binoni qurish ishlari boshlanadi. Binoni qurishni birinchi navbatda eski binodan chiqqan qurilish mollarini sotishdan tushgan mablag‘lar evaziga moliyalashtiriladi.
Bundan tashqari bino qurilishiga muassislar mablag‘i ham jalb qilinishi mumkin. Aloqa va axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislar yetkazib berishga ixtisoslashgan Inha universitetining Toshkentdagi bo‘limi 2014 yilning 2 oktabrida tashkil qilingandi.