Iqtisodiyot | 15:21 / 11.08.2015
1940
1 daqiqa o‘qiladi

Alibaba Xitoy elektronika riteyleriga 4.63 mlrd dollar investitsiya ajratadi

Alibaba Group kompaniyasi Xitoyning Suning Commerce Group elektronika tarmog‘ining 19.99 foiz aksiyalarini 4.63 mlrd dollarga sotib oladi. Bu haqda kecha kompaniyalarning qo‘shma matbuot xabarnomasida ma'lum qilindi.
O‘z navbatida, Suning Commerce Group Alibaba’ning 1.1 aksiyalarini 2.28 mlrd dollarga sotib oladi.
Kelishuv shartlariga binoan, Suning Commerce yangi hamkoriga tegishli Tmall.com platformasida maishiy texnika, elektronika va bolalar mollari do‘konini ochadi.
10ta taqsimot markazi va 1 700 yetkazish punktlaridan iborat Suning Commerce riteyleri Alibaba’ning Cainiao logistika markaziga qo‘shiladi. Istiqbolda Suning Commerce nafaqat Tmall’dagi, balki boshqa do‘konlardagi mahsulotlarni yetkazib berish bilan ham shug‘ullanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish