Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ar-Riyod Bashar Asadning iste'foga chiqishini istamoqda
Saudiya Arabistoni Suriya prezidenti Bashar Asadning hokimiyatdan ketishi bo‘yicha qarashlarida mustahkam turmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» nashri xabar bergan.
"Biz yana bir bor ta'kidlaymizki, Saudiya Arabistoni Suriyadagi siyosiy inqirozni bartaraf etish bo‘yicha pozitsiyasidan chekinmaydi. Bashar Asad tuzumi Jyeneva Konventsiyasiga ziddir. Kelajakdagi Suriyada Bashar Asadga o‘rin yo‘q", deydi Saudiya Arabistoni TIV rahbari Odil al-Jubayr Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan uchrashuv chog‘ida.
Biroz oldinroq, Lavrov Rossiya va Saudiya Arabistoni Suriyadagi inqirozdan chiqishda umumiy qarashlarga ekani haqida ma'lum qilgandi.