Jahon | 14:27 / 11.08.2015
3134
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyaga sovun qadoqlari ichida kokain olib kirayotgan 91 yoshli hindistonlik qo‘lga olindi

Avstraliya hukumati 27ta sovun qadoqlari ichida 4,5 kg kokain moddasini olib o‘tmoqchi bo‘lgan 91 yoshli fuqaroga jazo chorasi belgilaydi, deb yozmoqda The Daily Mail nashri.

Keksa chol Hindiston poytaxti Nyu-Deli shahridan Sidneyga uchib kelganida aeroportda qo‘lga olingan. Sud 11 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Fuqaroga giyohvand moddalar partiyasini tashigani uchun butun umrlik qamoq jazosi belgilanishi kutilmoqda.

Mansabdor shaxslar turli noma'lum shaxslar tomonidan har xil turdagi yuklarni olib o‘tishni so‘rab qilgan murojaatlarga e'tiborliroq bo‘lishni so‘ramoqda, deb yozadi manba.

Hozircha keksa fuqaroning firibgarlar tomonidan chuv tushirilgani yoki o‘zi bilgan holda shu moddalarni olib o‘tishga uringani borasida aniq ma'lumotlar yo‘q.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish