Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 11:50 / 11.08.2015
4729
1 daqiqa o‘qiladi
Bashar Asadning amakivachchasi hibs qilindi
Suriya hukumati mamlakat prezidenti Bashar Asadning amakivachchasini qamoqqa oldi. Bu haqda SANA agentligi xabar bergan.
"Sulaymon Hilol al-Asad hibsga olindi va mas'ul idoralar ixtiyoriga jo‘natildi", deyiladi xabarda.
Suriyadagi inson huquqlari bo‘yicha monitoring markazi ma'lumotiga ko‘ra, prezidentning qarindoshi yo‘l-transport hodisasidan keyin g‘azab ustida aviatsiya polkovnigi Hasan al-Shayxni otib tashlaganlikda ayblanmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish