Sport | 10:38 / 11.08.2015
2280
2 daqiqa o‘qiladi

Bugun Valbuena "Lion"da tibbiy ko‘rikdan o‘tadi

Moskvaning "Dinamo" jamoasining fransiyalik yarimhimoyachisi Mate Valbuena Fransiyaga qaytmoqda.

L`Equipe nashrining xabar berishicha, 30 yoshli futbolchi "Lion"da tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Fransiyaga uchib ketgan.

Nashrda yozilishicha, Valbuena "sherlar" bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi. U bu jamoada yiliga 5-6 mln yevro maosh oladi.

Ma'lumot uchun, 2014 yilning yozida "Marsel"dan "Dinamo"ga kelgan Valbuena o‘tgan mavsumda Rossiya chempionatida 25 uchrashuvda maydonga tushib, 4ta gol urdi va 11ta golli uzatmani amalga oshirdi. U yangi mavsumdagi 4 tur davomida ham 2ta gol va 2ta golli uzatma muallifi bo‘lishga ulgurgandi. Xususan, 9 avgust kuni 4 tur doirasida "Anji"ga qarshi o‘yinda uning goli moskvaliklarga mavsumdagi ilk g‘alabani taqdim etgandi.

"Dinamo" o‘tgan mavsum so‘ngida moliyaviy muammolarga uchragan va bir qator futbolchilar, jumladan Kevin Kurani jamoani tark etgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish