Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 06:58 / 11.08.2015
1755
1 daqiqa o‘qiladi
TsSKA "Roma"dan Dumbiyani 1 mln yevro evaziga ijaraga oldi
TsSKAning sobiq hujumchisi Seydu Dumbiya Rimning "Roma" jamoasidan Moskvaga qaytdi. Bu haqda moskvaliklarning rasmiy tvitterida ma'lum qilingan.
Xabar qilinishicha, 27 yoshli bu hujumchi TsSKAda ijara asosida faoliyatini davom ettiradi.
Eslatib o‘tamiz, Dumbiya shu yilning yanvarida aynan TsSKAdan "Roma"ga transfer qilingandi.
Kot-d'Ivuar terma jamoasi a'zosi bo‘lgan bu futbolchi TsSKAda 129 o‘yin o‘tkazib, 84 gol muallifiga aylangan.
«Sport-Ekspress» nashrida yozilishicha, uning ijara shartnomasi qiymati 1 mln yevroni tashkil etgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish