Jahon | 15:37 / 11.08.2015
4114
2 daqiqa o‘qiladi

Latviyada paranji kiyib yurish taqiqlanishi mumkin

Latviyaning yangi prezidenti Raymonds Veynois mamlakat hududida paranji kiyib yurishni taqiqlash bo‘yicha muhokamalar o‘tkazish zarurligini bildirdi. Bu haqda Delfi nashri xabar tarqatdi.

«Hozir bu narsani taqiqlash yoki ruxsat berish haqida gapirmoqchi emasman. Biroq har qanday vaziyatda ham bu borada munozaralar bo‘lishi zarur », — deya ta'kidladi prezident teleefir vaqtida.

Veyonisning so‘zlariga ko‘ra, uning o‘zi paranji kiyib yurish shart emas deb hisoblaydi.

«Latviya jamiyatida hammasi oshkora — biz turli millat vakillariga bag‘rikenglik bilan munosabatda bo‘lishimiz kerak va bu borada qandaydir chora-tadbirlar uchun sabab ko‘rmayapman », — dedi davlat rahbari.

Oldinroq, paranjiga taqiq qo‘yish bo‘yicha munozaralar Estoniyada avj olgandi. Bu borada mamlakat vaziri Margus Tsaxknaning shaxsan o‘zi tashabbus ko‘rsatgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish