Jahon | 16:43 / 11.08.2015
5008
1 daqiqa o‘qiladi

Lavrov: Moskva va Ar-Riyod "IShID"ga qarshi birgalikda kurashadi

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya va Saudiya Arabistoni "IShID"ga qarshi kurashishda umumiy qarashga egaligi haqida aytdi. Bu haqda RIA Novosti nashri xabar bergan.

"Bizda "IShID" va boshqa terroristik tashkilotlarga qarshi kurashda umumiy yondoshuvlar mavjud. Terrorchilar Rossiyaga ham, Saudiya Arabistoniga ham birdek tahdid qilib turibdi. Terroristlar mintaqadagi boshqa davlatlar uchun ham xavf solmoqda", dedi Lavrov Saudiya Arabistoni Tashqi ishlari vaziri Odil al-Jubayr bilan uchrashuv chog‘ida.

Lavrov o‘z so‘zlarida Vladimir Putinning "IShID"ga qarshi xalqaro koalitsiya tuzish bo‘yicha g‘oyasi haqida ham eslatib o‘tgan va bu g‘oyani amalga oshirish fursati yetganini aytgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish