Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Los-Anjyeles 2024 yildagi Olimpiya o‘yinlariga 4 mlrd dollar ajratadi
Los-Anjyeles 2024 yildagi Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish uchun nomzod shahri sifatida tasdiqlanishiga yaqin turibdi, deb xabar bermoqda AR axborot agentligi. 27 iyulda Boston shahri aholi tomonidan shaharda ushbu sport tadbirini o‘tkazish g‘oyasi past darajada qo‘llab-quvvatlangani uchun 2024 yildagi Olimpiadani o‘tkazish arizasini qaytarib oldi.
Qayd etilishicha, Los-Anjyelesdagi Olimpiya o‘yinlarining rejalashtirilayotgan byudjyeti 4 mlrd dollarni (yana 400 mln dollar rejadan tashqari ishlar uchun) tashkil qiladi. Bu qiymatdagi mablag‘ni shaharning Olimpiya qo‘mitasi ajratadi.
Ma'lumot uchun, Los-Anjyeles 1932 yilda II va 1984 yilda XXIII Yozgi Olimpiya o‘yinlarini qabul qilgan.