Sport | 06:57 / 11.08.2015
7643
1 daqiqa o‘qiladi

Musulmon futbolchi unga shampan vinosi quygan jamoadoshidan achchiqlandi

Lissabonning “Sporting” klubi hujumchisi, jazoirlik Islom Slimani 9 avgustda Portugaliya Superkubogida “Benfika” ustidan g‘alabadan keyin unga shampan vinosi quygan o‘zining jamoadoshi, darvozabon Marselo Bukadan achchiqlandi.

Islom diniga e'tiqod qiluvchi jazoirlik futbolchi jamoadoshining qilig‘idan darg‘azab bo‘lib, zaxira o‘rindig‘iga yugurib borgan va suv bilan ustidan spirtli ichimlikni yuvib tashladi, deb xabar bermoqda Sapo Desporto nashri.    

Qayd etilishicha, Slimani e'tiqodi kuchli o‘yinchi bo‘lib, har qanday turdagi spirtli ichimliklarni qabul qila olmaydi.

Uchrashuv 1:0 hisobida lissabonliklar foydasiga hal bo‘ldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish