Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zMU talabalari matematika fani bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro olimpiada sovrindori bo‘lishdi
Bolgariyada matematika fani bo‘yicha o‘tkazilgan 22-Xalqaro olimpiadada Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Mexanika-matematika fakulteti talabalari ham ishtirok etishdi. Bu haqda uz24.uz nashri xabar bergan.
Ellikdan ortiq mamlakatdan 75 OTM jamoalari qatnashgan ushbu bellashuvda jamoalar algebra va sonlar nazariyasi, geometriya, matematik analiz, kompleks analiz hamda kombinatorika sohalaridan tuzilgan murakkab masalalar bo‘yicha bahslashishdi.
Natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston vakillaridan Hakimboy Egamberdiyev oltin, Behzod Qurbonboyev kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Xabarda yozilishicha, bu natija ularga Buyuk Britaniyaning nufuzli oliy ta'lim muassasasi — University College London`ning magistratura bosqichida o‘qish imkonini beradi.