Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pensiyalarning o‘z vaqtida to‘lanishini taftishchilar nazorat qiladi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan byudjyet qonunchiligiga rioya qilish va byudjyet mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan davlat nazoratini yanada kuchaytirish maqsadida moliya vazirligining “Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy nazorat-taftish boshqarmalari to‘g‘risida”gi nizomi tasdiqlandi.
Moliya vazirligining nazorat-taftish bosh boshqarmasi (NTBB) vazirlik markaziy devonining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi va bevosita moliya vaziriga bo‘ysunadi. Uning filiallari mamlakatning barcha hududlarida mavjud bo‘ladi.
NTBB va uning hududiy boshqarmalarining asosiy vazifalariga quyidagilar yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish kiradi:
Byudjyet va smeta-shtat intizomiga rioya qilinishi;
O‘zbekiston investitsiya dasturilarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi;
Respublikaning chet eldagi diplomatik muassasalari tomonida chet el valyutasidagi mablag‘lardan foydalanilishi;
Pensiyalar va nafaqalarning to‘g‘ri tayinlanishi, hisoblanishi va o‘z vaqtida to‘lanishi.