Jahon | 09:27 / 11.08.2015
3193
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda majburiy tibbiy sug‘urta joriy qilinadi

Qozog‘iston sog‘liqni saqlash va ijtimoiy rivojlanish vazirligi 2016-2020 yillarda mamlakatda sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirishga qaratilgan “Densovliq” dasturi loyihasini ishlab chiqdi.

Unda oilaviy tibbiyot prinsiplari, majburiy tibbiy sug‘urta va moliyalashtirishning yangi modellari joriy qilinishi ko‘zda tutilgan.

Xususan, Qozog‘iston bosh vaziri Karim Masimovning rasmiy saytida keltirilishicha, birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish sohasida mijozlarga oilaviy xizmat ko‘rsatish prinsipiga bosqichma-bosqich o‘tish ko‘zda tutilgan. Bu prinsip inson sog‘lig‘ini uning umri davomida nazorat qilib borishni ko‘zda tutadi.

Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish sohasida, shuningdek, davlat kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga urg‘u beradi. Xususan, ambulator-poliklinika tarmog‘ini qurib, ularda keyinchalik xususiylashtirish huquqi bilan vakolatli boshqaruv joriy qilish rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, dastur doirasida xizmatlar va shifokorlarga maosh berishni moliyalashtirish tizimini jiddiy ravishda takomillashtirish nazarda tutilgan. Buning uchun ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimidan foydalaniladi.

Dasturning yana bir asosiy jihatlaridan biri majburiy tibbiy sug‘urtaning joriy qilinishi bo‘ladi. Ish beruvchi va ishchi davlat bilan bir qatorda tibbiy muassasani moliyalashtirishda ishtirok etadi. Mablag‘ asosan tizimda sifat o‘zgarishlari yasashga yo‘naltiriladi.

Bundan tashqari, umumiy amaliyot shifokorlari miqdorini ko‘paytirib, 1.5 ming kishiga 1 nafar shifokor to‘g‘ri kelishini ta'minlash, shifokorlarning o‘rtacha ish haqini oshirish, ambulator dori ta'minotini yaxshilash ko‘zda tutilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish