Sport | 18:39 / 11.08.2015
1792
2 daqiqa o‘qiladi

Tennischi Rafael Nadal hali faoliyatini yakunlamoqchi emasligini bildirdi

Dunyoning to‘qqizinchi raqamli raketkasi Rafael Nadal Monrealdagi «Masterse» turkumiga kiruvchi turnirdagi starti oldidan o‘zining faoliyatini yakunlashi borasida gap-so‘zlarni inkor etib chiqdi.

«Albatta, faoliyatimning katta qismi ortda qoldi. Ammo bu faoliyatimni yakunlash haqida o‘ylayotganimni bildirmaydi. Shunchaki har kuni ishlashda davom etmoqdaman. Albatta 39 yoshgacha o‘ynay olmasligimni tushunib turibman. Faoliyatimni davom ettirish uchun menda ishtiyoq yetarlicha. Shuning uchun ham faoliyatimni tugatish muammosi meni qiynayotgani yo‘q.

Vaqti kelganida bu haqida o‘ylash shart emas, shunchaki hammasi tushunarli bo‘lib qoladi. Qachondir uyg‘onganimda mashg‘ulot o‘tash uchun xohishim bo‘lmasa, o‘shnda faoliyatim tugagani tushunib yetaman. Hozircha esa bunaqa holat kuzatilgani yo‘q va men shu yerdaman hamda bundan xursandman», – deya 14 karra katta dubulg‘a tasnifiga kiruvchi turnirlar g‘olibining so‘zlaridan iqtibos keltiradi AFP nashri.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish