Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahridagi shohko‘chalar kimning mablag‘lari evaziga ta'mirlanadi?
Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 5 avgustdagi qarori asosida yo‘l transport infratuzilmasini takomillashtirish uchun 2015-2016 yillarda Toshkent shahridagi rekonstruksiya va ta'mirlanishi belgilangan shohko‘chalar ro‘yxati tasdiqlangani haqida xabar qilgan edik.
Norma.uz sayti ekspert mutaxassislari shohko‘chalar va ularga tutash hududlardagi rekonstruksiya va ta'mir, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari qaysi davlat muassasalari va tashkilotlari mablag‘lari evaziga olib borilishi to‘g‘risida ma'lumot berishdi. Unga ko‘ra, ro‘yxatga kiritilgan shohko‘chalarni rekonstruksiya qilish va ta'mirlash ishlari quyidagi mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi:
Moliya vazirligi qoshidagi Respublika yo‘l jamg‘armasi – yo‘l ko‘tarmalari, shu jumladan, sug‘orish irrigatsiya tizimlari, piyodalar yo‘laklari, ko‘priklar, yer osti piyodalar o‘tish yo‘llari, shohko‘chalar atrofidani ko‘kalamzorlashtirish va yoritish;
Mahalliy byudjyet va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar – shohko‘chalar bo‘ylab joylashgan hududlarning arxitekturaviy qiyofasini yangilash va obodonlashtirish, jumladan, piyodalar yo‘laklari, favvoralar, yoritish, sug‘orish irrigatsiya tizimlari, davlat hisobidagi ijtimoiy ahamiyatga molik inshootlarni ta'mirlash va barpo etish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari, turar joy binolarining old va tom qismlarini kapital ta'mirlash, shuningdek, zarurat tug‘ilgan taqdirda, yo‘l chetlaridagi obektlarni buzib tashlash;
O‘z balansida saqlayotgan va foydalanayotgan tashkilotlarning shaxsiy mablag‘lari – muhandislik kommunikatsiyalarining ko‘chirilishi, shuningdek, shohko‘chalar bo‘ylab joylashgan noturar bino va inshootlarning old va tom qismini kapital ta'mirlash.
Shuningdek, qarorda Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zqurilishmateriallari” AK, “O‘zmetkombinat” OAJ va “O‘zneftgaz” MXKga buyurtmachilar hamda loyiha bosh tashkilotchisining asoslangan hujjatlari asosida sement, metall prokat va yo‘l bitumi, dizel yonilg‘isini belgilangan narxlar va komissiya shartnomalari asosida ajratish vazifasi yuklatilgan.