Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqtisodiyot | 10:38 / 11.08.2015
4695
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoy keyingi 20 yil ichidagi eng yirik devalvatsiyani amalga oshirdi
Iqtisodiy ko‘rsatkichlarining pasayishi Xitoyni milliy valyutani 20 yil ichida ilk marta 1.9 foizga devalvatsiya qilishga undadi. Bu haqda Xitoy xalq banki xabarnomasiga tayangan holda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Xitoy eksportining 8.3 foizga tushishi devalvatsiya amalga oshirilishining asosiy sababi sifatida ko‘rsatilmoqda. Bu ko‘rsatkich Xitoyning asosiy savdo hamkorlari – Yevropa, AQSh va Yaponiyadan talab kamayishi eksportga salbiy ta'sir o‘tkazgan.
Regulyator o‘rtacha ayirbosh kursini 6.2298 yuan/1 dollar miqdorida belgiladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish