Jahon | 06:38 / 12.08.2015
1736
1 daqiqa o‘qiladi

Argentinada suv toshqinlari sababli odamlar uylarini tark etmoqda

Argentinaning Buenos-Ayres viloyatida uzoq davom etayotgan yog‘ingarchilik sababli yuzaga kelgan suv toshqinlari oqibatida kamida 3 ming kishi o‘z uyini tark etishga majbur bo‘lmoqda.

Tabiiy ofatdan viloyatning shimoli va shimoli-sharqiy qismida joylashgan Luxan, Pilar, San Antonio de Areko, Mersedes, Salto, Tigre shaharlari ko‘proq talofat ko‘rdi. Qayd etilishicha, kuchli yog‘ingarchilik viloyatda 6 kundan beri davom etmoqda. Daryo o‘zanlaridan chiqib ketishi oqibatida suv toshqinlari kelib chiqqan. Ob-havo mutaxassislarining prognozlariga ko‘ra, 12-13 avgust kunlari ham yog‘ingarchilik davom etadi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofatdan kamida uch kishi halok bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish