Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bangladeshda 750 odamni o‘ldirgan qotil o‘lim jazosiga mahkum qilindi
Bangladesh sudi mamlakat mustaqilligi uchun bo‘lib o‘tgan 1971 yildagi urush chog‘ida 750 kishini o‘ldirgan fuqaroni o‘lim jazosiga mahkum qildi, ushbu ishga aloqador yana bir kishiga esa umrbod qamoq jazosiga belgilandi, deya xabar beradi Assoshieyted Press axborot agentligi.
Harbiy jinoyatlar bo‘yicha tribunal Shayx Sirajul Islom va Xon Akram Xossaynni bir qator ommaviy qatllarda aybdor deb topdi. Sudning fikricha, qotil mamlakat janubi-g‘arbidagi Bagerxat okrugida taxminan 700 nafar tinch aholi, shuningdek, 50 nafar atrofidagi kamsonli hindlarning hayotiga zomin bo‘lgan.
Hindiston, G‘arbiy Pokiston va Sharqiy Pokiston (yakunda ushbu hududda Bangladesh davlati tashkil topgan) o‘rtasidagi konflikt 1971 yilning martidan dekabr oyiga qadar davom etgan. Hukumatning qayd etishicha, Pokistondan ozod bo‘lish uchun bo‘lib o‘tgan mojarolar vaqtida 3 million bangladeshliklar hayotdan ko‘z yumgan.