Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml Sevastopolga muammolarni hal etishda yordam beradi
Rossiya prezidenti ma'muriyati Sevastopolga mahalliy aholining noroziligini keltirib chiqaruvchi muammolarni hal etishga yordam beradigan vakillarini jo‘natadi, deya xabar bermoqda «Kryminform».
“Yaqin kunlarda Moskvadan shahrimizning kelgusidagi rivojini belgilab beruvchi, muhim masalalarni hal etishga ko‘maklashuvchi mutaxassislar kelishini kutmoqdamiz. Komissiya tarkibiga prezident ma'muriyati, Rossiya Federatsiyasi Jamoatchilik palatasi, Umumrossiya xalq fronti vakillari kiradi”, deb e'lon qildi sevastopollik senator Olga Timofeyeva.
Bundan muqaddam shahar aholisi qirg‘oq yoqasi va o‘rmon hududlarida davom etayotgan noqonuniy qurilish ishlari sababli 12 avgust kuni norozilik namoyishini o‘tkazishni rejalashtirgan edi, biroq namoyish o‘rniga shahardagi Naximov maydonida konsert dasturi belgilandi.
Moskvada bo‘lib o‘tgan noqonuniy qurilishlarga bag‘ishlangan uchrashuv chog‘ida gubernator Sergey Menyaylo, qonunchilik yig‘ini rahbari Aleksey Chaliy hamda senatorlar Olga Timofeyeva va Andrey Sobolev mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha yo‘l xaritasini tuzish masalasini muhokama qilishdi.
Mazkur kelishuvda Moskvaning yordami ham nazarda tutilgan.