Jahon | 12:59 / 12.08.2015
4819
2 daqiqa o‘qiladi

Moskvadagi yapon restoranida otishma uyushtirgan 12 chechenistonlik hibsga olindi

Moskvaning Nagatinsk sudi “Tanuki” tarmog‘i restoranlaridan birida ommaviy to‘polon uyushtirgan 12 nafar chechenistonlikni qo‘lga olishga ko‘rsatma berdi. Kuzatuv kameralarida qayd qilinmagan 2 nafar gumondor tezda ozod qilindi.
6 avgust kuni bir guruh chechenistonliklar restoranda jamoa bo‘lib o‘tirishgan edi. Soat 23:0da ularning aksariyati binoni tark etgan, ammo ulardan biri restoran xodimlari bilan talashib qolib, janjal ko‘targan. “RosBalt” agentligining ma'lum qilishicha, Idrisov ismli ayblanuvchi restoran qo‘riqchilari bilan talashib qolib, ularga qarata o‘q uzgan. Idrisovni tinchlantirish uchun xodimlardan biri uning boshiga tova bilan urgan, buning natijasida jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan.
Idrisovning do‘stlari tezda yordamga yetib kelib, beysbol tayoqlari yordamida ikki nafar qo‘riqchini kaltaklashgan. Shuningdek, ularning qo‘llarida ikkita to‘pponcha va avtomatik qurol bo‘lgani aytilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish