Jahon | 06:44 / 12.08.2015
2062
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyadagi portlash oqibatida kamida 47 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyaning Borno shtatidagi Sabon-Gari shahrida mahalliy vaqt bilan soat 13:30 da portlash sodir bo‘ldi. Portlash oqibatida kamida 47 kishi halok bo‘ldi, 50 dan ko‘proq odam jarohat oldi. Bu haqda harbiylar va guvohlarga iqtibos keltirgan holda Reyter axborot agentligi xabar bermoqda.

Voqeaning boshqa tafsilotlari ma'lum qilinmagan. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish