O‘zbekiston | 19:50 / 12.08.2015
3535
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston “Foton” AJning 51 foiz aksiyasini o‘zida saqlab qoladi

O‘zbekiston xorijiy investorlarga mahalliy elektron sanoatining bayroqdorlaridan hisoblangan “Foton” AJning 32,3 foiz aksiyasini sotadi. Korxonaning 51 foiz aksiyasi “O‘zeltexsanoat” AK ixtiyorida qoladi. 

O‘zbekiston Davlat raqobat qo‘mitasi 2008 yil aprelda ushbu korxonaning 76 foiz aksiyasini sotishga tender e'lon qilgan edi. 76 foiz aksiyalarning dastlabki narxi 14,8 mln dollar qilib belgilangan edi. Tender g‘olibi o‘z zimmasiga 13,5 mln dollarlik investitsion loyihalarni olishi kerak edi.

“Foton” zavodi 1941 yilda urush paytida Toshkentga evakuatsiya qilingan Moskva viloyatining Fryazino shahridagi elektr-vakuum asboblar zavodi negizida tashkil qilingan. 1942 yildan zavod Toshkentda ilk mahsulotlari – elektron generatorlar va lampalar kuchaytirgichlari ishlab chiqara boshlagan. 1965 yilda korxona texnologiyasi yarimo‘tkazgichli asboblar va integral mikrosxemalar ishlab chiqarish uchun qayta ixtisoslashtirilgan. 1994 yildan korxona elektron va radioelektron buyumlar ishlab chiqarishga qayta ixtisoslashtirilgan. Korxonada elektron nazorat-kassa mashinalari, rangli televizorlar, energiya tejovchi lampalar, diod-kaskadli transformatorlar ishlab chiqarish o‘zlashtirib olingan. 

2012 yilda hukumat qarori bilan “Foton” elektr-texnika zavodi yangi joyga – “Algoritm” AJning bo‘sh ishlab chiqarish maydonlariga ko‘chirildi.  

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish