Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 15:29 / 12.08.2015
2484
1 daqiqa o‘qiladi
Qozog‘istonliklar Konstitutsiya kuni munosabati bilan 3 kun dam oladi
Qozog‘iston Respublikasi Konstitutsiya kuni munosabati bilan mamlakat aholisi uch kun davomida dam oladi. Bu haqda Tengrinews.kz nashri xabar tarqatmoqda.
Konstitutsiya kuni – 30 avgust joriy taqvim bo‘yicha yakshanba kuniga to‘g‘ri keladi. Odatda agar bu kabi holatlar kuzatilsa, bayram kungi ta'til keyingi ish kuniga ko‘chiriladi. Buning natijasida qozog‘istonliklar joriy yilda 29, 30 va 31 avgust kunlari dam olishadi.
Qayd etib o‘tish joiz, 2015 yilda Qozog‘iston konstitutsiya qabul qilinganining 20 yilligini nishonlashadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish