Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Litva va Latviya bilan Gollandiya gullari masalasini muhokama qiladi
Rossiya qishloq xo‘jaligi nazorati xizmati Litva va Latviya vakillari bilan Gollandiya gullarini yetkazib berish masalasini muhokama qiladi. Bu haqda RIA Novosti agentligiga idora rahbari Sergey Dankvert ma'lum qildi.
“Litva va Latviya maktublar yo‘lladi, ular yo‘lni yopib qo‘ymasligimiz uchun tekshiruvlarni kuchaytirishdi. Biz ular bilan hozircha telefon orqali muloqot olib bormoqdamiz. Muzokaralar davom etadigan taqdirda uchrashishni rejalashtirmoqdamiz”, – uning so‘zlarini keltiradi agentlik.
Ilgariroq Litva va Latviya o‘zlari orqali kontrabanda yo‘li bilan o‘tayotgan gullarni nazorat ostiga olishga va'da bergan edi.