Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Subaru Rossiyada 2004-2007 yillarda sotilgan 4280 avtomobilni qaytarib oladi
Yaponiyaning Subaru avtomobil ishlab chiqaruvchisi Rossiyadagi 4280ta avtomobilni xavfsizlik yostiqchasidagi nosozlik tufayli qaytarib oladigan bo‘ldi, deyiladi Rosstandart agentligi xabarida.
Qaytarib olinayotgan avtomobillar qatoridan 2004-2007 yillarda sotilgan Rosstandart agentligi saytiga joylangan ro‘yxatdagi Impreza, WRX va WRXSTI modellari o‘rin olgan.
Ushbu nosozlik Takata Corp kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan xavfsizlik yostiqchalarining gaz generatorlari ichiga suyuqlik tushib qolishidan kelib chiqayotgani taxmin qilinmoqda.
Rossiya hududida o‘z zavodiga ega bo‘lmagan Subaru joriy yarim yillikda mamlakat bozorida 3542 dona avtomobil sotishga erishib, o‘tgan yilni ko‘rsatkichning 57 foiziga erisha oldi. Bunga Rossiya avtobozoridagi barcha sotuvlarning 36,45 foizga kamaygani asosiy sabab bo‘lgan.
Ayni paytda, Subaru Xitoydan 2012-2014 yillarda sotilgan 74.036 dona avtomobilni dvigatelida kelib chiqqan nosozlik tufayli qaytarib oldi, deya xabar tarqatgan Sinxua axborot agentligi.