Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WP: FQB Hillari Klinton yozishmalari bo‘lgan serverni qo‘lga kiritadi
Hillari Klintonning ish yuzasidan amalga oshirgan yozishmalari mavjud server AQSh Federal qidiruv byurosi mutaxassislari qo‘liga topshiriladi, deb yozadi Washington Post nashri Klinton saylov kompaniyasi ma'lumotlariga tayanib.
Demokratlar partiyasidan Qo‘shma shtatlar prezidentligiga nomzodning pochta yozishmalari mavjud bo‘lgan server uning to‘rt yillik davlat kotibi lavozimida ishlagan vaqtidagi maxfiy ma'lumotlarning tashqariga chiqib ketish xavfi mavjudligi bois FQBga topshiriladi.
Bundan avvalroq Hillari Klinton o‘z yozishmalarini AQSh Adliya vazirligiga taqdim etishi to‘g‘risida xabar berilgandi.
Iyul oxirida esa Klinton xonim shaxsiy pochtalar orqali maxfiy ma'lumotlarni yuborgani haqidagi barcha ayblovlarni rad etgan edi.