Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoydagi KFC tamaddixonalari pushtirang burgerlarni taklif qilmoqda
Tez tayyor bo‘luvchi taomlar tarmog‘iga ega KFC tamaddixonasi xitoylik mijozlarini tovuqli pushtirang burgerlar bilan siylashni yo‘lga qo‘ydi. UPI manbasining xabar berishicha, tovuq va cho‘chqa go‘shtidan tayyorlangan qora rangdagi burgerlar ham tayyorlanayapti.
Nanfang nashrining aniqlashtirishicha, bunday burgerlarning narxi 17,5 yuan bo‘lib, taxminan 4 dollarni tashkil etadi.
So‘nggi vaqtlarda KFC yangi mijozlarga ega bo‘lish umidida noodatiy taomlarni taqdim etmoqda. Bunga tarmoq savdosi so‘nggi to‘rt yil ichida muntazam tushib borayotgani sabab bo‘lmoqda. Shu yilning o‘tgan choraklaridayoq kompaniya daromadi 10 foizga kamaygan.
Shu bois KFC Xitoyda Yevropadagi tarmoqlariga xos bo‘lmagan taomlarni tez-tez savdoga chiqarmoqda. Masalan, bundan avvalroq restoranda qaynatilgan guruch va Markaziy Amerika xalqlari milliy taomi hisoblangan tortilya (lavashga o‘xshash taom) ham tayyorlana boshlagandi.
Qora burgerlar esa ilk marotaba Yaponiyadagi Burger King restoranlari mijozlari tomonidan tatib ko‘rilgan. O‘tgan yilning sentabr oyida xo‘randalar qora burger noni va shu rangdagi pishloqning mazasiga baho berishgan edi.