Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
40 nafar o‘qituvchi Buyuk Britaniyaga malaka oshirish uchun jo‘natiladi
Bugungi kunda xalq ta'limi tizimida 383 ming 625 nafar o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. O‘zbekistondagi ta'lim muassasalarini malakali kadrlar bilan ta'minlash 2015-2016 o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rishning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Yaqinlashayotgan yangi o‘quv yilida 3-sinflarda chet tili o‘qitilishi munosabati bilan qo‘shimcha 2 ming 217 ta oliy ta'lim muassasalarini bitirgan chet tili o‘qituvchilari ishga qabul qilindi.
Bundan tashqari, xalq ta'limi vazirligi tomonidan yaratilgan 401ta elektron axborot o‘qituvchi va o‘quvchilarning elektron axborot ta'lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida ta'lim resurslari ta'lim portaliga joylandi.
2015 yilda umumta'lim maktablarining chet tili o‘qituvchilari “Yilning eng yaxshi ingliz tili o‘qituvchi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 40 nafar o‘qituvchi malaka oshirish uchun Buyuk Britaniyaga jo‘natilishi rejalashtirilgan.