Jahon | 09:13 / 13.08.2015
2396
1 daqiqa o‘qiladi

Magadanda Medvedevning karikaturalaridan foydalanish taqiqlandi

Magadan saylov qo‘mitasi Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevga ishlangan karikaturalarni uning ruxsatisiz qo‘llash qonunga xilof deb topdi. Bu haqda RBK nashri xabar bermoqda.
Aytilishicha, “Spravedlivaya Rossiya” partiyasi markaziy saylov komissiyasiga arz qilib, Magadanda targ‘ibot materiallarida Medvedevga o‘xshatma qilib chizilgan suratlardan foydalanish taqiqlanganiga qarshi chiqqan.
Davlat Dumasi deputati Aleksandr Burkovning tushuntirishicha, partiyaning gazetasida tashqi ko‘rinishi bosh vazirga o‘xshaydigan, ayiq terisini yopingan kishi tasvirlangan. Saylov qo‘mitasi vakillari bu yerda aynan Medvedev tasvirlangan degan qarorga kelib, buni qonun buzilishi deb baholagan. Aybdorlarni jazoga tortish, shuningdek, gazeta tirajini sotuvdan chiqarish talab qilingan.
Markaziy saylov komissiyasi partiyaning arizasini hali ko‘rib chiqmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish