Jahon | 15:46 / 13.08.2015
2185
1 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiya prokuraturasi Assanjdan bir qism ayblovlarni olib tashladi

Wikileaks asoschisi Julian Assanjga qo‘yilgan to‘rt ayblovning ikkitasi muddati nihoyasiga yetgani sababli olib tashlandi. Bu haqda Shvetsiya prokuraturasi saytida ma'lum qilindi.

“Julian Assanj suddan qochib, Ekvadorning Londondagi elchixonasidan boshpana so‘radi. Ba'zi jinoyatlarda bo‘lgani kabi, men ham unga qo‘yilgan ikki ayblovni bekor qilishimga to‘g‘ri keldi. Afsus bilan ma'lum qilamanki, bizda shubha ostidagi shaxsni so‘roq qilish imkoni bo‘lmadi va mazkur ish bo‘yicha tergov ishlari amalga oshmay qoldi”, dedi prokuror Marianna Nyu.

Biroq Assanj 2020 yilga qadar holatni og‘irlashtirish xarakteriga ega zo‘ravonlikka oid ayblovlardan biri sababli qidiruv ostida bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish