Texnologiya | 10:03 / 13.08.2015
5235
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda retro avtomobillar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

16 avgust kuni Toshkent shahridagi City Centre Orzu savdo majmuasi ro‘parasida joylashgan avtoturargohda retro avtomobillar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. ReTRO.UZ avtomobilchilar klubi ma'lumotiga ko‘ra, ko‘rgazmada ishlab chiqarilganiga 60 yildan oshgan 20 dan ziyod noyob avtomobillar namoyish etiladi.

“Barcha avtomobillar ishchi holatiga qadar restavratsiya qilingan bo‘lib, ular yangidek ko‘rinadi. Ba'zilarining divigatellarini ham ishga tushirib ko‘rish mumkin. Mavzkur avtomobillarning har biri ko‘p yillik tarixga ega. Tashrif buyuruvchilar nafaqat avtomobillarni tomosha qilib, ular fonida esdalikka rasmga tushishlari, balki haydovchi kabinasida o‘tirib, o‘zlarini o‘tmish davrlardagidek his etishlari, bir olam yorqin hissiyotlarga ega bo‘lishlari ham mumkin.

Kirish barcha uchun bepul!” deya tasdiqlashdi ko‘rgazma tashkilotchilari.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish